Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Musulmon jangchi jarohatlangan raqibiga atayin yutqazib berdi: nega?

Musulmon jangchi jarohatlangan raqibiga atayin yutqazib berdi: nega?

1984 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasining dzyudo musobaqasi finallaridan biri olimpiya tarixida o‘zgacha iz qoldirgan. O‘shanda misrlik Muhammad Ali Rashvan jarohat olgan yaponiyalik raqibining chempion bo‘lishiga imkon yaratib bergandi.

Mohir kurashchi Yasuxiro Yamashita yarim finalda olgan jarohati tufayli finalda oqsoqlangan holda tatamiga chiqadi. Rashvan esa raqibining o‘ng oyog‘iga birgina hujum bilan g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgani holda, o‘zini yengishiga imkon yaratib berib, kumush medal bilan kifoyalanadi.

Undan bu haqda so‘rashganida: «Mening dinim jarohatlanganlarga, ayniqsa, tananing shikastlangan qismiga hujum qilishni taqiqlaydi. Agar raqibimga bosim qilib, shikast yegan oyog‘iga hujum qilganimda, nogiron bo‘lib qolishi ham mumkin edi. Hatto oltin medal uchun ham bunday qila olmayman», deya javob bergan.

Muhammad Ali Rashvan rasman olimpiada chempionlari qatorida turmasa-da, juda ko‘pchilikka o‘rnak ko‘rsata olgan. O‘sha yili Xalqaro Feyrpley Qo‘mitasining «Halol o‘yin» sovrini bilan taqdirlangan.

Kiritildi: 11:37 15.01.2020. O'qildi: 4386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!