Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xalq deputatlarining viloyat kengashiga deputat etib saylandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

15 may kuni Qashqadaryoda xalq deputatlari uchun bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazildi. 16 may kuni viloyat saylov komissiyasi «Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Azimov Murotjon O‘zbekiston Lebiral demokratik partiyasi a’zosi.

2016 yilning sentyabridan u O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan. 2018 yilning fevral oyidan boshlab general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Undan so‘ng, 2021 yil noyabridan Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib, 2022 yilning 22 aprelidan esa hokim vazifasiga tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, viloyatning avvalgi hokimi bo‘lgan Zoir Mirzayev ham xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati bo‘lgandi.

Kiritildi: 22:22 16.05.2022. O'qildi: 4189 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!