Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga yangi direktor tayinlandi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga yangi direktor tayinlandi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e’lon qilingan. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Yig‘ilish so‘ngida kuni kecha tavallud kunini nishonlagan ustoz san’atkorlar O‘zbekiston xalq artisti Naima Po‘latova hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarovlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Kiritildi: 22:15 08.06.2021. O'qildi: 6511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!