Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Muntazam qaynoq choy ichish jiddiy xastaliklarga sabab bo‘ladi

Muntazam qaynoq choy ichish jiddiy xastaliklarga sabab bo‘ladi

Mutaxassislar issiq choy ichishning xavfli oqibatlarini sanab o‘tdilar. 

Turkiyaning "Cumhuriyet" gazetasining yozishicha, olimlar bir necha yil davomida tez-tez 65 ° C dan yuqori haroratda choy ichib yurgan 500 ming kishini kuzatib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu odat tufayli qizilo‘ngach saratonining rivojlanish ehtimolini oshgan.

«Tadqiqotlarga ko‘ra, Turkiyaning sharqida, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekistonda choy va issiq ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish sababli qizilo‘ngach saratoni juda tez-tez kuzatilmoqda», dedi gastroenterolog, professor Vedat Geral.

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, sigareta va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bu xavfni yanada oshiradi.

«Agar chekuvchi tez-tez issiq choy ichsa, unda saraton kasalligi xavfi ikki baravar, u spirtli ichimlik ham ichsa, u holda besh marta ko‘payadi», deydi mutaxassis.

Shu bois mutaxassis idishni qo‘lda tutib bo‘lmaydigan darajadagi issiq choyni ichmaslikni maslahat bermoqda. 

«Eng yaxshisi, bir necha daqiqa kutib turing, ichimlik soviydi. Bundan tashqari, kuniga uch-to‘rt stakandan ko‘proq ichmang», deydi mutaxassis.

Kiritildi: 12:45 10.04.2021. O'qildi: 2911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!