Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Munosabat: «Janob Rasul» va «Nasafiy»

Munosabat: «Janob Rasul» va «Nasafiy»

O‘zi rostini aytsam, shu vaqtlarda ko‘p narsaga munosabat bildirishni ko‘p suymayman, undan tashqari ayni damda charchab, dam olib o‘tirgan edim, lekin, hozir eshitgan narsam, kompyuterimni yoqib, ushbu satrlarni bitishga majbur qildi.

Bir odam Janob rasul nomli qo‘shiqchi haqida aytib qoldi. Aniqrog‘i, Janob Rasul deb aytsa, men qandaydir ziyoratgoh yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli biror narsani aytdimikin deb o‘ylabman. Keyin bilsam, unday emas ekan.

Men shaxsan u san’atkorni tanimayman, ammo u tanlab olgan nomi haqida aytmoqchiman. Yaqinda Nasafiy nomligi haqida ham eshitgan edim. O‘zim Imom Nasafiyning bir necha kitoblarini o‘qib, u zot rahimahullohning vatandoshi ekanimdan faxrlanib yurgan edim. Lekin bu nasafiy nomli qo‘shiqchini eshitganimda Nasafdan o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz nomiga katta dog‘ tushganini o‘ylab, ichim ezilgan edi. Endi esa janob rasul . Nima deyishga ham hayronman.

Hech bo‘lmaganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hurmatidan unday nom tanlanmasligi kerak edi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shiqchi emas edilar. Nasafiy ulamolar ham sochlarini sariqqa bo‘yab olib, qo‘shiq aytib yurmagan edilar.

Axir Alloh taoloning huzuriga qaytishimiz bor. Hammamiz, avvalo o‘zim gunohkorman, Allohdan javob berishimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Axir hech kim yordam bera olmaydigan qiyomat kunida bizni aynan Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoat qiladilar. Iloji yo‘q, gunohlar qilamiz, ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, ulamolarimizga tegishli narsalar bilan gunoh qilmasak yaxshiroq bo‘ladi. Chunki bunday gunohlarni Alloh kechirishi qiyinroq bo‘lsa kerak...

Najmiddinov Baxtiyor

Kiritildi: 09:30 23.04.2019. O'qildi: 4465 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!