Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

MUNDIAL KUNDALIGI: barcha nimchorak finaldagilar ma’lum

A A A
MUNDIAL KUNDALIGI: barcha nimchorak finaldagilar ma’lum

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kutilmagan natijalar qayd etildi. Dastlab Yaponiya terma jamoasi o‘z guruhida eng oxirgi o‘rinda borayotgan Polshaga kichik hisobda mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsa, parallel ravishda kechgan to‘qnashuvda Senegal ham Kolumbiyaga xuddi shu hisobda mag‘lub bo‘ldi. Yaponlar mag‘lubiyatdan so‘ng ham keyingi bosqichga chiqdi, afrikaliklarga esa nimchorak finalga chiqish uchun kartochkalar to‘g‘anoq bo‘ldi. Senegalda ogohlantirishlar kunchiqar yurt vakillariga nisbatan yomonroq ekanligi bois nimchorak finalga chiqa olishmadi. Endi yaponlar nimchorakda Belgiya termasi bilan kuch sinashadi. 

Panama – Tunis bahsida afrikaliklar dastlab hisobda orqada edi, ammo yakunda 2-1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Aytish joizki, bu o‘yin ham boshqalari singari qiziq kechdi. Tunis milliy termasi shu kunga qadar jahon chempionatlarining final bosqichiga 5 marta (1978, 1998, 2002, 2006, 2018) yetib kelgan bo‘lsa, biror marta ham g‘alaba qozona olmay kelayotgan edi. Kecha ular JCh tarihida o‘zlarining birinchi g‘alabalariga erishdi. 

cjezqyotk7rjccr6wevk.jpg

 

Uchinchi turning oxirgi bahsida Garet Sautgeyt boshchiligida inglizlar Belgiya termasiga 1-0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ular oxirgi marta bundan 82 yil muqaddam (3-2 hisobida) belgiyaliklarga yutqazishgan ekan. Ammo bu mag‘lubiyat tumanli albionning foydasiga ishladi desak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Boisi inglizlar finalga chiqish uchun qulayroq raqiblar jamlangan yo‘lakchadan o‘rin olishdi. Agar ular o‘zlarining mukammal o‘yinlarini ko‘rsatishda davom etsa, yarim finalgacha qiyin o‘yinlarga duch kelmaydi. (Ammo nimchorak finaldagi raqibi Kolumbiyani ham unutmaslik kerak) Faqat yarim finalda ular ispanlarga duch kelib qolishlari mumkin. 

fsynloe3v1yyfbuhwono.jpg

 

Hozir nimchorak finalda to‘qnash keluvchi jamoalar nomi va o‘yinlar o‘tkaziladigan sanalarni e’tiboringizga havola qilamiz. 

Fransiya – Argentina 

“Qozon arena”, Qozon 

30 iyun, 18:00 

Urugvay – Portugaliya 

“Fisht”, Sochi 

30 iyun, 22:00 

Ispaniya – Rossiya 

“Lujniki”, Moskva 

1 iyul, 18:00 

Xorvatiya – Daniya 

“Nijniy Novgorod” stadioni, Nijniy Novgorod 

1 iyul, 22:00 

Braziliya – Meksika 

“Samara arena”, Samara 

2 iyul, 18:00 
 

Belgiya – Yaponiya 

“Rostov arena”, Rostov 

2 iyul, 22:00 

Shvesiya – Shvesariya 

“Sankt-Peterburg” stadioni, Sankt-Peterburg 

3 iyul, 18:00 

Kolumbiya – Angliya 

“Sprartak” stadioni, Moskva 

3 iyul, 22:00 

O‘zA

Kiritildi: 12:26 29.06.2018. O'qildi: 2482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik