Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Muhokamada 30 kunlik sulh: Muzokara davom etmoqda

Muhokamada 30 kunlik sulh: Muzokara davom etmoqda

Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Istanbulda boshlandi . Bu haqda Turkiya televideniyasi ko‘rsatuvidan kelib chiqadi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi manbalar muzokaralar Turkiya ishtirokida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi. Biroq o‘shanda Turkiya vakili tabrik so‘zlaridan so‘ng muzokaralarni tark etishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Muzokaralar Istanbuldagi Dolmabahche saroyida bo‘lib o‘tmoqda. The Wall Street Journal xabar berishicha, Ukraina delegasiyasi Rossiya bilan faqat 30 kunlik sulhni muhokama qilmoqchi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi muzokaralardan maqsad “mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish va uzoq muddatli, mustahkam tinchlik o‘rnatish” ekanini ta’kidladi.

Rossiya delegasiyasi tarkibida prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, armiya Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin bor edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina delegasiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qilishini aytdi.

Rossiya va Ukraina 2022-yildan beri ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarini o‘tkazmoqda.Urush boshida tomonlar Istanbulda uchrashgan, biroq 2022-yil bahorida uchrashuvlar to‘xtagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025-yilning may oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada shaxsan uchrashishga tayyorligini aytdi, biroq Rossiya prezidenti muzokaralarda qatnashmadi.

Kiritildi: 15:58 16.05.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!