Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga 17-18 avgustdagi 2 kunlik safari davomida Madinada Rasulullohning ravza va hujralariga kirishga musharraf bo‘lgan. Prezidetning bu 2 muqaddas joydagi holatini Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hikoya qilib berdi.

«Rasululloh ravzani jannatning bir parchasi deganlar. Shu joyda namoz o‘qildi. Bunday joyda har qanday odam o‘zi bilan o‘zi bo‘lishni boshlaydi. Men prezidentning yonlarida o‘tirdim. Bu yer duo qabul bo‘ladigan joy, shuning uchun bu yerda duo qilish kerak, duo qilib bering, dedim. Qo‘llarini duoga ochib, birinchi bo‘lib, Yo Robbiy, duo qabul bo‘ladigan joyda, sendan yolvorib so‘rayman, mening xalqimni tinch qilgin, dedilar. Jonajon vatanimni obod qilgin, deb xalqni so‘rab duo qildilar. Keyin o‘zingiz uchun ham duo qiling, deb ikkinchi marta ham aytdim. Yana qo‘lini ochib Allohim, yurtimning yoshlarini ilmli, saodatli, baxtli qilgin, yurtimda hech notinchlik bo‘lmasin, deb duo qildilar. Uchinchi marta yana o‘zingiz uchun duo qiling desam, xalqni duosini qildilar, men yig‘ladim», – deydi muftiy.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga ibodat davomida kamdan kam kishi kirishga musharraf bo‘ladigan Muhammad Mustafo s.a.v. yashagan va dafn etilgan Hujrai saodatga kirish nasib qilgan.

"Payg‘ambarimiz hayot vaqtlarida yashaganlari Hujrai saodatni ochib berishdi. Avval Fotima onamizning uylariga kirilarkan-da, keyin darcha orqali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylariga o‘tilarkan. Shu yerda dafn qilinganlar.

U yerdagi holatni ta’riflab bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, Rasulullohning yonlarida turibsiz, o‘zlari aytganlar, kelib menga salom bering, men alik olaman deganlar. Shunday ajib muhitda prezidentimiz Assalomu alaykum yo Rasululloh dedilar-da, sizga ummatingiz bo‘lgan o‘zbek xalqi musulmonlarining salomini olib keldim, dedilar», – deydi Nuriddin Xolqnazarov.

Kiritildi: 14:02 20.08.2022. O'qildi: 6405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!