Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida "ligota" uchun test sinovlari boshlandi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida "ligota" uchun test sinovlari boshlandi

Bugun, 26 yanvar kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilartomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash hamda ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari ishtirokida test sinovlari boshlandi.

O‘qishga kirishda muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyoz beradigan tavsiyanoma uchun tuzilgan mazkur test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika, shuningdek, qolgan 20 tasi mantiqiy savollardan iboratdir. Test sinovlarini bajarish va javoblarini belgilash uchun askarlarga 3 soat vaqt ajratilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, ular respublikaning oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida ajratilgan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishadi. Tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Test sinovlari barcha hududlarda o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:22 26.01.2023. O'qildi: 3588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!