Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keng ko‘lamda kurash davom etayotgan ayni kunlarda o‘z taqdirini shu muqaddas Vatan taqdiri bilan chambarchas bog‘liq deb bilgan, ertangi kunimiz uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan barcha yurtdoshlarimiz imkon darajasida xavfni bartaraf etish, osoyishta kunlarimizni qaytarish uchun o‘z hissalarini qo‘shishga intilmoqda.

Xalqimiz azaldan muruvvatli, bag‘ri keng va saxovatpesha. Ayniqsa, yurt boshiga sinov kelgan bugungidek kunlarda qadriyat darajasiga aylangan o‘zbekona milliy o‘ziga xosligimiz yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kelib tushayotgan mablag‘lar xalqimizning ana shunday hamjihat va savob ishlarni qilishga chanqoqligini ko‘rsatadi.

Vatan tinchligi, yurt osoyishtaligi va xalq farovonligi yo‘lida matonat bilan xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar ham bu ezgu ishdan chetda qolganlari yo‘q.

Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda bir kunlik ish haqlarini mazkur fondga beg‘araz o‘tkazib berishdi.

Aziz yurtdoshlar! Siz uyda qoling, biz siz uchun xizmatdamiz! Bu sharafli kasb egalarining vatandoshlarimizga qarata aytilgan da’vatidir.

Siz bu da’vatga quloq tuting va tez kunda yurtimizdan koronavirus pandemiyasini to‘liq bartaraf etaylik.

Kiritildi: 06:45 07.04.2020. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!