MrBeast’ning "supekari" Toshkentda YTHga uchragani haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bloger MrBeast’ning avtomobili Toshkentda shikastlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Biroq Toshkent shahar IIBBning rasmiy bayonotiga ko‘ra, avtomobil Toshkentda emas, blogerning Hindistonga bo‘lgan safarida shikastlangan.
IIBB fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Avvalroq, Dunyoning eng mashhur blogeri MrBeast Toshkentga kelgani haqida xabar berilgandi
MrBeast 2026 yil holatiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda jami 873 mlnlik kuzatuvchiga ega.
Bugun Toshkentda mashhur bloger ishtirokida maxsus tadbir bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.