Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Moskvadan O‘zbekistonda kelgan fuqaro karantindan qochib ketdi

Moskvadan O‘zbekistonda kelgan fuqaro karantindan qochib ketdi

Rossiya Federasiyasi orqali Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd bilan respublikaga kirib kelgan fuqaro SH.R. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan “Dout ota” bojxona chegara postidagi tekshirish vaqtida, koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “bolalar markaziy kasalxonasi”ning karantin bo‘limiga davolash maqsadida yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, o‘zboshimchalik bilan 21 mart kuni kasalxonadan qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, fuqaro Shofirkon tumanida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan 21 mart kuni SH.R.ga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kiritildi: 10:27 25.03.2020. O'qildi: 4091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!