Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Moskvadagi Navro‘z tantanasida 30 qozon palov damlanadi

Moskvadagi Navro‘z tantanasida 30 qozon palov damlanadi

Moskvada nishonlanadigan Navro‘z-2019 bayram tantanalarida 30 ta qozonda 3 tonna guruch damlash rejalashtirilgan, dedi poytaxt milliy siyosat departamenti rahbari Vitaliy Suchkov.

Biz, o‘tgan yillardagi tajribadan kelib chiqqan holda, bu yil tayyorlanadigan osh miqdorini oshirdik. Oldin palov Moskvadagi millatlar diasporalari vakillari tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, bu yil oshni professional oshpazlar pishiradi , - dedi Suchkov.

Navro‘z bayrami tantanasiga kelgan mehmonlar turli taomlarini tatib ko‘rishlari, xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir doirasida eng yaxshi oshpaz tanlovi ham bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrinni kosmonavt Solijon Sharipov topshiradi.

Navro‘z bayrami odatdagidek Moskvadagi VDNX bog‘ida nishonlanadi. VDNX bog‘i hududida 18 ta milliy pavilyon, 15ta ovqatlanish hududlari hamda milliy buyumlar va suvenirlar sotuv-ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Bayram tadbiri VDNX bog‘idagi 75 pavilyonda soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Kirish barcha uchun bepul. Ma’lumot uchun, bu yil Moskvada Navro‘z 14-marta nishonlanmoqda.

Kiritildi: 18:44 20.03.2019. O'qildi: 1850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!