Moskvaning Novoyasenevskiy prospektidagi yotoqxonada ekstremistik jamiyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tintuv chog‘ida 538 nafar xorijlik qo‘lga olindi.
Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva boshqarmasi ma’lum qildi. Ularning barchasi polisiya bo‘limlariga olib ketilgan.
"Ekstremistik jamiyatni tashkil etish (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 282.2-moddasi) bo‘yicha jinoyat ishini tergov qilish doirasida yotoqxonada migrasiya qonunchiligi buzilganligi haqida ma’lumot kelib tushdi", — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida. Qidiruv Rossiya gvardiyasi ko‘magida tergovchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Yotoqxona ma’murlari ham qo‘lga olinib, Moskvadagi polisiya bo‘limiga olib ketilgan.