Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Moskvada tipratikanlar kafesi ochildi

A A A
Moskvada tipratikanlar kafesi ochildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida mijozlarning tomosha qilishlari uchun tipratikanlar kafesi ochildi, deb yozadi «Xabar» nashri.Taym-kafe (antikafe deb ham ataladi) turiga kiruvchi ushbu kafeda yeyilgan taom uchun emas, u yerda o‘tkazilgan vaqt uchun pul to‘lanadi. Tipratikanlarni tomosha qilish va silab qo‘yishni istasangiz, kunduzi bir daqiqa uchun 4 rubl, kechki payt hamda dam olish kunlari esa 8 rubl to‘lash lozim.«Ejeminutka» nomini olgan bu kafe ochilishi bilan mijozlar soni ortib ketdi. Uning nomi daqiqalarga bog‘liq bo‘lib, shuningdek, «ej» yoki «yoj», ya’ni tipratikan so‘zidan ham olingan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 05:50 14.08.2018. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik