Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Moskvada bugun kuzatuvlar tarixida kuzatilgan rekord issiq xarorat yangilanishi mumkin

Moskvada bugun kuzatuvlar tarixida kuzatilgan rekord issiq xarorat yangilanishi mumkin

Moskvada bugun kuzatuvlar tarixida kuzatilgan rekord issiq xarorat yangilanishi mumkin.

Nafaqat, Moskva, balki Rossiyaning ko‘plab hududlarida issiq harorat to‘lqini saqlanib turibdi. Bu kabi issiqlik to‘lqini joylarda yaqin 150 yillikda kuzatilmagan yuqori xaroratlarni taqdim etmoqda.

Kecha tunda Moskvada superyacheykali konvektiv bulutlar moskvaliklarni xavotirga tushurdi. Meteorologiyada "anomaliyalar ketidan boshqa bir anomal hodisalarni chaqiradi" degan tushuncha bor.

Moskva shahrida so‘nggi ikki uch kunlikda juda ham yuqori issiqlik anomaliyasi kuzatilmoqda. Moskva "issiqlik oroli" omili sabab, issiqlik atrofga nisbatan yuqori.

Hozirgi yozning pik issiq davri uchun bu yana xam kuchli jarayonlarni chaqirishi tabiiy. Bugun xam tunga borib, Moskvada kuchli chaqmoq—momaqaldiroqli bulutli jarayonlar kuzatilishi mumkin.

El-Ninyo yoki uning so‘nishida Rossiya xar doim turli xil ob—havo anomaliyalari qarshisida qoladi. Chunki, iqlim isishi shimoliy qutb doiralarila boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori sur’atlarda isimoqda

Kiritildi: 10:33 04.07.2024. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!