Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Moskva viloyatidagi migrantlar yotoqxonasi yopildi

Moskva viloyatidagi migrantlar yotoqxonasi yopildi

Kuni kecha 67 yoshli ayol zo‘rlab, o‘ldirilgani haqida xabarlardan so‘ng yotoqxona oldida 300 nafar mahalliy aholi vakillari to‘plandi.
Ikki kishi qo‘lga olindi, ularga ayblov e’lon qilindi, mahalliy OAVlar ma’lum qilishicha, ular Tojikiston fuqarolari.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqin kunlarda aholi o‘rtasida tashvish uyg‘otadigan barcha joylarda tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni 67 yoshli ayolning jasadi Sergiyev Posad yaqinidagi o‘rmonda zo‘ravonlik belgilari bilan topilgan.

Kiritildi: 19:27 14.09.2021. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!