Tramp va Zelenskiyning Vashingtondagi muzokaralari arafasida Rossiya Ukrainaga hujum qildi. Zelenskiy Rossiya zarbasini "mutlaqo namoyishkorona harakat" deb atadi.
"Rossiya bugun Vashingtonda urushni to‘xtatish uchun uchrashuv bo‘layotganini biladi. Putin bu urush uchun hech qanday mukofot olmasligi kerak. “To‘xta” degan so‘zni eshitishi kerak bo‘lgan tomon bu aynan Moskva", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Xabar berilishicha, Xarkovda Rossiya dronlari turar-joy binosiga zarba berishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, ko‘plab insonlar jarohatlangan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Zaporojega qilingan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, kamida 20 kishi yaralangan. Yaralanganlarning ko‘pi og‘ir ahvolda.