Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskva shahar sudi “Krokus”dagi terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchini hibsda qoldirdi

Moskva shahar sudi “Krokus”dagi terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchini hibsda qoldirdi

Moskva shahar sudi “Krokus siti xoll” konsert zaliga uyushtirilgan hujumda ayblanayotgan Islomovlar oilasining a’zosi Aminjon Islomovning hibsga olinishini qonuniy deb topdi, deya xabar beradi TASS muxbiri.

“Aminjon Islomov himoyasining apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasin va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilsin”, — deyiladi sud qarorida.

Shikoyatni ko‘rib chiqish yopiq sud majlisida bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Moskva shahar sudi Islomovlarning otasi va ikkinchi ukasining hibsga olinishini qonuniy deb tan olgan edi, ular tergov ma’lumotlariga ko‘ra, teraktning bevosita aybdorlariga mashina sotgan.

Kiritildi: 14:16 16.04.2024. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!