Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga uchayotgan dronni yo‘q qildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin Telegram–kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari bugun tunda Moskvaga uchmoqchi bo‘lgan uchuvchisiz dronni yo‘q qildi.
“Ekspomarkaz hududiga uchuvchisiz havo vositasi qoldiqlari qulagan, binoga jiddiy zarar yetmagan”, deb yozadi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, shahar favqulodda xizmatlari voqea joyida ishlamoqda.