Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Moskva G‘arb elchixonalarini "trolling" qilmoqda

Moskva G‘arb elchixonalarini "trolling" qilmoqda

Moskvadagi Britaniya elchixonasi oldidagi maydonga Lugansk Xalq Respublikasi nomi berildi.

Sergey Sobyanin Moskvadagi Britaniya elchixonasi oldidagi maydonga Lugansk Xalq Respublikasi nomi berish haqidagi qarorni imzoladi.

Ushbu qaror “Faol fuqaro” platformasida tashkil etilgan ovoz berish dan so‘ng qabul qilindi. Shahar meri xabariga ko‘ra, unda 109 603 kishi ishtirok etgan va 56,85 foiz odam Britaniya elchixonasi oldidagi nomsiz maydonga Lugansk Xalq Respublikasi nomi berishni ma’qullagan.

Avvalroq, Moskvadagi AQSh elchixonasi oldida joylashgan bo‘sh maydonga Donesk Xalq Respublikasi nomi berilgan edi. Shundan so‘ng AQSh elchixonasi manzili “Moskva shahar, Donesk Xalq Respublikasi maydoni 1 uy” deb o‘zgargan edi. Manzili o‘zgarganidan so‘ng AQSh elchixonasi o‘z saytida pochta adresi o‘rniga koordinatalarini ko‘rsata boshlagan edi.

Kiritildi: 06:18 06.07.2022. O'qildi: 3383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!