Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Moliya vazirligi paxta yog‘i narxini «qo‘yib yuborish» taklifi bilan chiqdi

Moliya vazirligi paxta yog‘i narxini «qo‘yib yuborish» taklifi bilan chiqdi

Moliya vazirligi paxta yog‘i, shulxa va paxta chigiti shroti narxini qo‘yib yuborish taklifi bilan chiqdi. Bu vazirlik tomonidan e’lon qilingan loyihada ko‘rsatilgan.

Bahorda ijtimoiy ahamiyatga molik va strategik toifadagi tovarlar va xizmatlar ro‘yxati tasdiqlangandi, ular narxi hamda tariflari davlat tomonidan tartibga solinadi. Mahsulotlar orasida un, benzin, etil spirti, mineral o‘g‘itlar va boshqalar bor.

Moliya vazirligi ushbu ro‘yxatdan ikkita bandni chiqarib tashlashni taklif qilmoqda:

1. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi.
2. Shulxa va paxta chigiti shroti.

Loyiha bilan batafsil tanishish, taklif hamda izohlarni 14 yanvargacha taqdim etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan paxta yog‘i uchun aksiz solig‘i undirilmasligi xabar berilgandi.

Kun.uz

Kiritildi: 13:46 04.01.2019. O'qildi: 2286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!