Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00da ochildi. Moldova aholisi amaldagi prezident Mayya Sandu va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni istamaydigan siyosatchi Aleksandr Stoyanoglodan birini tanlashadi.
20 oktyabr kuni Yevropa integrasiyasi bo‘yicha referendum bilan birga bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida nomzodlarning hech biri 50 foizlik to‘siqdan o‘ta olmadi. Sandu 42,31 foiz, Stoyanoglo esa 26,07 foiz ovoz to‘plagan.