Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Moldovada muxolifat prezidentlik saylovlari natijalariga norozilik bildiradi

Moldovada muxolifat prezidentlik saylovlari natijalariga norozilik bildiradi

Moldova muxolifatining "G‘alaba" bloki prezidentlik saylovlari natijalariga norozilik bildiradi. Bu haqda muxolifat bloki matbuot xizmati Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi prezident Mayya Sandu Aleksandr Stoyanogloni “faqat Yevropa sektorlaridagi firibgarlik va katta qonunbuzarliklar tufayli” mag‘lub etgan.

"Biz Mayya Sandu hukmronligining har bir kuni hokimiyatni tortib olish ekanligiga ishonchimiz komil", - deyiladi bayonotda.

Muxolifatchilar, shuningdek, xorijiy saylov uchastkalaridagi tengsizlikka ishora qildilar, bu yerda soni bo‘yicha eng ko‘p bo‘lgan rus diasporasi faqat ikkita saylov uchastkasida ovoz bera oladi, Yevropa davlatlarida esa saylovchilar yetarlicha ishtirok etmagan ko‘plab saylov uchastkalari mavjud. Qayd etilishicha, bu adolatsizlik qonunchilik darajasida bartaraf etilishi kerak.

Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi prezident Mayya Sandu saylovda 55,33% ovoz bilan g‘alaba qozongan. Uning raqibi, sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo 44,67 foiz ovoz to‘plagan. Shu bilan birga, mamlakat ichidagi saylov uchastkalarida Stoyanoglo 51 foizlik natija bilan g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 15:22 05.11.2024. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!