Moldova Ukrainadan don importiga cheklovlarni olib tashlaydi
Moldova hukumati 2026 yil boshida Ukrainadan don importiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Lyudmila Katlabuga ma’lum qilgan.
Lisenziyalashning maxsus rejimi 2025 yil 31 dekabrdan keyin bekor qilinadi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bazasi endi bu chorani uzaytirishga imkon bermaydi.
"170-sonli qonunga ko‘ra, don importini lisenziyalash tartibi endi uzaytirishni nazarda tutmaydi. Natijada, biz oddiy rejimga o‘tmoqdamiz", deb ta’kidladi Katlabuga.
Vazir, shuningdek, rasmiylar don bozori ustidan qattiq nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini qayd etdi.
"Vaziyat to‘satdan bozor zarbalarining oldini olish uchun doimiy ravishda kuzatib boriladi", dedi u.
Vazirning ta’kidlashicha, nazorat import va eksport qilinadigan miqdorlarni majburiy va to‘liq deklarasiya qilishni talab qiladi.
Moldova fermerlar uyushmasi avvalroq Ukrainadan don importi uchun lisenziyalash rejimini uzaytirmaslik ichki bozorda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan edi.