Moldova hukumati Rossiya yetakchiligidagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan (MDH) chiqish bo‘yicha rasmiy jarayonni boshladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy ma’lum qildi.
Uning aytishicha, MDHni tuzishga oid asosiy hujjatlar denonsasiya qilinmoqda. Bu jarayon fevral o‘rtalarigacha yakunlanib, keyin parlament muhokamasiga kiritiladi.
Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, «Rossiya tomonidan boshqariladigan MDHda qolishdan ma’no yo‘q», biroq bu qaror boshqa davlatlar bilan aloqalar uzilishini anglatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya (2008) va Ukraina (2018) ham MDHdan chiqqan.