Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Model kinofestivalda “yalang‘och” libosda paydo bo‘ldi — u keskin tanqidga uchradi

Model kinofestivalda “yalang‘och” libosda paydo bo‘ldi — u keskin tanqidga uchradi

Vyetnamlik model Ngok Trin Kann kinofestivalida juda ochiq libosda paydo bo‘ldi.

Vietnam Express yozishicha, model o‘z vatanida keskin tanqidga uchradi.

Trin 19 may kuni Terrens Malikning “Yashirin hayot” film taqdimotiga tashrif buyurgandi. 29 yoshli model tadbirga juda ham ochiq libosda paydo bo‘ldi.

Vyetnamlik modelning tashqi ko‘rinishi o‘z vatanida jamoatchilik keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, ayol Xitoy va Janubiy Koreya OAVlar tanqidiga uchradi. Keyinchalik Vyetnam hukumati ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshladi.

“Uning Kann festivalida bunday libosda paydo bo‘lishi bizning me’yorlarga javob bermaydi – bu haqorat. Bunday tashqari, mamlakatimiz uchun yomon imidjni hosil qiladi” – dedi hukumat yig‘ilishida Vyetnam madaniyat, sport va turizm vaziri Nguyen Ngok Tiyen.

Agar model aybdor deb topilsa, u majburiy jamoat ishlari yoki jarimaga tortilishi mumkin.

2005 yilda Ngok Trin eng chiroyli model deb topilgan. Uning Instagram sahifasida 2,3 million mushtariy mavjud.

 

Kiritildi: 17:37 10.06.2019. O'qildi: 14268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!