Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mobil aloqa aksiz solig‘idan ozod etildi

Mobil aloqa aksiz solig‘idan ozod etildi

O‘zbekistonda 2025 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatini takomillashtirish doirasida mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod qilindi. Shuningdek, bir qator muhim o‘zgarish va imtiyozlar tasdiqlandi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yerlar QQSdan ozod qilindi. Qishloq xo‘jaligi yerlari uchun ikki baravar yer solig‘i bekor qilindi; YATT xodimlari uchun ijtimoiy soliq kamaytirildi;

Bojxona chegarasidan o‘tishda soliq hujjatlari taqdim etish majburiyati bekor qilindi.

Shuningdek, noshirlik, axborot texnologiyalari, ta’lim, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ijtimoiy tadbirkorlik sohalari uchun vaqtinchalik imtiyozlar joriy etildi.

Yangi tartib va imtiyozlar 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Kiritildi: 11:45 27.12.2024. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!