Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Missuri va Kentukkida dahshatli tornado! Sent-Luisdagi bo‘ron “tarixdagi eng kuchlisi” deb ataldi

Missuri va Kentukkida dahshatli tornado! Sent-Luisdagi bo‘ron “tarixdagi eng kuchlisi” deb ataldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

17 may kuni Missuri va Kentukki shtatlarida kuzatilgan kuchli tornado oqibatida o‘nlab odamlar jarohatlandi, deya xabar qilmoqda mahalliy hokimiyat. Kentukki shtati gubernatori Endi Beshirning ma’lum qilishicha, shtatda kamida 14 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning 5 nafari shtatning eng yirik shahri Sent-Luisda qayd etilgan.

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida taxminan besh mingga yaqin binoga zarar yetgan.

"Afsuski, qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi bilan halok bo‘lganlar soni ko‘payishi mumkin", — deb yozdi Kentukki gubernatori ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Missuri shtatida esa kamida yetti kishi halok bo‘lgani haqida The New York Times nashri shtat rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Shuningdek, Illinoys va Indianada ham yirik tornadolar kuzatilgan, biroq, bu shtatlarda qurbonlar qayd etilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy ofatdan so‘nggi vayronagarchiliklar aks etgan foto va videolar tarqalmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. PowerOutage monitoring xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yuz minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qolgan.

Kiritildi: 09:31 18.05.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!