Misrning shimoli-sharqiy Ismoiliya viloyatida qishloq xo‘jaligi ishchilarini olib ketayotgan pikap ag‘darilishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi va taxminan 30 kishi jarohat oldi.
Al Jazeera bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Baxtsiz hodisa seshanba kuni El-Davavis tumanidagi kirish yo‘lida sodir bo‘lgan. Yaradorlar Al-Qassassin shahridagi kasalxonaga olib ketilgan.
Tibbiy manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati 13-14 yoshli bolalar bo‘lgan. Eng yosh qurbon 10 yoshda edi.
Avvalroq 15 kishi halok bo‘lgan va 32 kishi jarohatlangan edi.