Misr Tashqi ishlar vaziri Badr Abdulattiy AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashish uchun Vashingtonga tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — Eron atrofidagi harbiy keskinlikni kamaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdir.
Misr Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston bilan birgalikda alohida blok tuzib, AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar tashkil etishga intilmoqda. Ushbu tashrif Vashingtonda Isroil va Livan vakillari o‘rtasidagi nozik muzokaralar boshlanishi kutilayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi.