Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Misr murabbiyi FIFAni adolatsizlikda aybladi

 Misr murabbiyi FIFAni adolatsizlikda aybladi

Misr milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan Jahon chempionati 1/8 finalida Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng hakamlikni keskin tanqid qildi.

Misr jamoasi uchrashuvning 79-daqiqasigacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq shundan keyin uchta gol o‘tkazib yuborib, musobaqani tark etdi.

O‘yindan keyin Hassan jamoasi «adolatsizlik qurboni bo‘lganini» va keyingi bosqichga chiqishga munosib bo‘lganini ta’kidladi.

«Biz amaldagi jahon chempionlaridan kuchliroq edik. Barcha jihatda ustunlik qildik. Ammo natijaga maydondagi va maydon tashqarisidagi voqealar ta’sir qildi», — dedi u.

Murabbiy, shuningdek, FIFAni Argentina terma jamoasini musobaqada saqlab qolishga intilayotganlikda aybladi.

«Hammasi pul bilan bog‘liq. Ular Messining turnirda qolishini xohlaydi. Futbolda turli manfaatlar sababli ko‘p narsa maydon tashqarisida hal bo‘ladi. Bo‘lgan voqea adolatsizlik edi. Misr keyingi bosqichga chiqishga munosib edi», — dedi Hassan.

Uning aytishicha, Misr futbol federasiyasi o‘yindan avval fransuz hakami Fransua Leteksyeni tayinlashga qarshi chiqqan. Shuningdek, u VAR orqali bekor qilingan gol va uchrashuv oxiridagi bahsli vaziyatlardan biri videotakror orqali ko‘rib chiqilmaganidan ham norozi bo‘lgan.

Uchrashuvdan keyin Hassan Jahon chempionati o‘yinlarini boshqa tomosha qilmasligini ham ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:02 08.07.2026. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!