Bu haqda Amerika matbuoti sobiq birinchi xonimning idorasi bayonotiga tayanib xabar berdi. Uning qarori sabablari aytilmagan.
O‘tmishda Mishel Obama respublikachini tanqid qilgan va uni o‘z ritorikasi bilan oilasi xavfsizligini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblagan.
O‘tgan haftada u sobiq prezident Jimmi Karterning davlat dafn marosimida qatnashishdan bosh tortdi va Gavayida qoldi. Biroq uning turmush o‘rtog‘i Barak Obama marosimda Trampning yonida o‘tirgan va u bilan suhbatlashgan.
Mishel Obamaning inaugurasiya marosimida qatnashmaslik qarori odatda sobiq prezidentlar va ularning turmush o‘rtoqlari partiyaga mansubligidan qat’iy nazar marosimda qatnashishi an’anasini buzadi. OAV xabarlariga ko‘ra, inaugurasiya marosimida prezident Jorj Bush va uning rafiqasi Laura, shuningdek, Bill va Hillari Klintonlar ishtirok etadi.
Bunday an’ana buzilishi birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Trampning o‘zi 2021-yilda Jo Baydenning inaugurasiyasida qatnashmagan.