Kuni kecha O‘zbekiston prezidentiga sovg‘a qilingan yo‘ltanlamas avtomobilining nomi “BYD Yangwang U8”.
Bu ayni damda Xitoyda ishlab chiqarilayotgan eng qimmat ($150 000) va mukammal avtomobildir.
Yangwang U8 — 2 litrli benzin motor bilan jihozlangan, lekin u faqat generator vazifasini bajaradi, g‘ildiraklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanmagan. Assosiy harakat — umumiy quvvati 1200 ot kuchiga bo‘lgan 4ta elektromotor yordamida amalga oshiriladi.
Bunday yechim qator ustuvorliklar beradi: uzatmalar qutisi, vallardan xalos bo‘lish, yurish qismini istalgan ko‘rinishda qurish, cheklanmagan yo‘ltanlamas imkoniyatlar, masalan, turgan joyida 360 gradusga aylanish va hokazo.
Vazni 3,5 tonna bo‘lgan mashina noldan 100gacha 3,6 soniyada tezlashadi.
U8 akkumulyator yordamida 180 km yurishi mumkin, lekin bir bak benzin bilan (75l) — yana 1100 km bosib o‘tadi.
Yo‘ltanlamas 1 yoki 1,4 metr chuqurlikdagi suvdan ham kechib o‘tishi mumkin.
Aytish joizki, hozir dunyoda hech kim xuddi shunday avtomobil taklif qilayotgani yo‘q.