Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev: "Noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda"

Mirziyoyev: "Noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda"

Davlatimiz rahbari joylarda noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari ko‘payib borayotganini qayd etdi.

O‘tgan yili 6 million kub metr noqonuniy qazilma aniqlanib, ulardan 17 milliard so‘m qo‘shimcha soliq undirilgan.

Marksheyder mutaxassislar yetarli bo‘lmagani uchun yer qa’ridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda.

Nazoratni kuchaytirish maqsadida noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qo‘mitasi jamg‘apmaciga yo‘naltiriladi.

Qo‘mitaga buning hisobiga har bir hududda kamida 2 ta marksheyderni jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv va o‘lchash uskunalarini o‘rnatib, ta’sirchan nazoratni ta’minlash topshirildi.

So‘ng Prezident qurilish materiallari tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Mutasaddilarga aytilgan fikr va tashabbuslarni puxta o‘rganib, tegishli takliflarni kiritish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!