Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Minor” masjidida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

“Minor” masjidida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidida o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 8 iyul kuni soat 13:00 da sodir bo‘lgan. “Minor” masjidida 18 yoshli Bilol X. va uning 2 nafar jinoiy sheriklari bilan qiymati 70 AQSh dollariga teng bo‘lgan va 25 yoshli Sunnatillo O.ga tegishli bo‘lgan sumkani o‘g‘irlagan. Sumkada Powerbank, barsetka, mobil telefon, aviachipta, milliy va xorijiy valyutada katta miqdorda pul bo‘lgan.

Bilol X. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Uning jinoiy sheriklarini ushlash choralari ko‘rilmoqda. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi ("O‘g‘rilik") asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Kiritildi: 20:45 13.07.2019. O'qildi: 3756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!