Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 8 va 10 yoshli ikki bola halok bo‘lgan, yana 17 kishi yaralangan, ulardan 14 nafari voyaga yetmaganlardir. Hujumdan so‘ng otishmani amalga oshirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hujumni jinsini o‘zgartirgan 23 yoshli Robin Vestman amalga oshirgan. Hujumdan oldin u qurol bilan tushgan suratlarini e’lon qilgan, unda “Isroil qulashi kerak” degan yozuv, huningdek, Donald Trampni o‘ldirishga chaqiriqlar ham bor bo‘lgan.