Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Milliarderning sobiq rafiqasiga 645 million dollar

Milliarderning sobiq rafiqasiga 645 million dollar

Janubiy Koreyadagi "asr ajrimi" bo‘yicha qaror chiqdi.

Janubiy Koreya sudi mamlakat tarixidagi eng yirik ajrim ishlaridan biri bo‘yicha qaror chiqarib, SK Group raisi Chey Te Vonni sobiq rafiqasi Ro So Yonga 944 milliard von (taxminan 645 million dollar) to‘lashga majbur qildi.

Chey Te Von va Ro So Yon 1988 yilda turmush qurgan. Milliarder 2017 yilda boshqa ayol bilan munosabatlari va undan farzandi borligini oshkor qilgach, ajrim uchun ariza bergan. O‘n yilga yaqin davom etgan sud jarayoni Janubiy Koreyada «asr ajrimi» deb nom olgan.

Qaror hali yakuniy emas — tomonlar uni Oliy sudda yana shikoyat qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:52 29.07.2026. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!