Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Mileyaning maslahatchisi Argentina xalqini mamlakat muammosi deb atadi

Mileyaning maslahatchisi Argentina xalqini mamlakat muammosi deb atadi

Argentina prezidenti huzuridagi maslahat kengashi rahbari Demian Reydel xalqaro sarmoyaviy forumda so‘zga chiqib, mamlakatning asosiy muammosini uning aholisi deb atadi.

U Argentinada yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan tadbirda so‘zlagan.

"Bizda katta hudud bor, energiya manbalarimiz bor, suvimiz bor. Va bularning barchasi sovuq iqlim sharoitida, ya’ni sun’iy intellekt tizimlarini sovutish uchun mo‘l-ko‘l. Bu esa qurolli to‘qnashuvlar, sunamilar, zilzilalar bo‘lmagan hududda. Albatta, bu hudud bilan bog‘liq muammo shundaki, u yerda argentinaliklar yashaydi", - dedi Reydel.

Uning qayd etishicha, Argentinaga makroiqtisodiy beqarorlik va yetarli huquqiy kafolatlar yo‘qligi sababli xorijiy investorlar ishonchsizlik bilan qarashadi.

"Bizning tariximizda shartnomalarni bajarmaslik misollari bor", - deya qo‘shimcha qildi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat “makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish va Argentina bu safar biznes yuritish kayfiyatida ekanligini ko‘rsatadigan qonunchilik bazasini taqdim etish orqali “muammoni hal qildi”.

Kiritildi: 14:39 23.03.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!