«Milan» Markus Reshford transferi ustida ishlamoqda.
Janluka Di Marsioning yozishicha, italyan klubi 27 yoshli hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. «Rossoneri» allaqachon «Manchester Yunayted»ga tegishli taklifni yuborgan.
Dortmundning «Borussiya» klubi ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
Bu mavsumda Reshford APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bosh murabbiy qaroriga ko‘ra so‘nggi 6 bahsdan beri o‘ynamayapti.