Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

«Milan» 40 yoshli Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

«Milan» 40 yoshli Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yana bir mavsum milanliklar safida qolishi mumkin, deya xabar qilmoqda Nikolo Skira.

«Rossoneri» 40 yoshli futbolchiga bir yillik shartnoma va 2,5 million yevro maosh taklif qilmoqchi.

Avvalroq shvesiyalik hujumchi faoliyatini tugatib, aprel oxirida vafot etgan Mino Rayolaning agentligida ish boshlashi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.

Bundan tashqari, Ibrahimovich «Milan» bilan skudettoni qo‘lga kiritsa, faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingandi.

Zlatan 2021/22 yilgi mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 22:36 23.05.2022. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!