Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Migrantlarning uyiga ruxsatsiz kirish: Rossiyada polisiyaga yangi huquq berildi

Migrantlarning uyiga ruxsatsiz kirish: Rossiyada polisiyaga yangi huquq berildi

Rossiyada polisiyachilarga migrantlarning uyiga ruxsatsiz kirish huquqi beriladi.

5 martdan kuchga kiradigan yangi qonun Rossiya polisiyasiga deportasiya buyrug‘i berilgan muhojirlarning uylari va binolariga ruxsatsiz kirish huquqini beradi.

Bundan tashqari, polisiya xodimlari Rossiya Federasiyasi va xorijiy davlatlar hokimiyat organlaridan davlat nazorati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni, jumladan tijorat, bank, soliq va qonun bilan himoyalangan boshqa sirlarni so‘rab olishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan bir qatorda, chet el fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilayotganda polisiya banklardan uning bank hisobvaraqlari, raqamlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga mobil qurilmalar va geolokasiya ma’lumotlaridan, shaxsni tanib olish tizimida ishlaydigan to‘lov tizimlaridan foydalanishga ham ruxsat beriladi.

Kiritildi: 16:32 03.01.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!