Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Microsoft o‘zining barcha ulgurji do‘konlarini yopadi

Microsoft o‘zining barcha ulgurji do‘konlarini yopadi

Microsoft ulgurji savdoga nisbatan yangicha yondashuv doirasida barcha do‘konlarini yopishini e’lon qildi.

Kompaniya koronavirus pandemiyasi sababli mart oyi oxirlarida Microsoft Store do‘konlari faoliyatini to‘xtatgandi.

Microsoft xabarida aytilishicha, ulgurji savdo yo‘nalishida band bo‘lgan barcha xodimlari kompaniya ofislarida va masofadan ishlashda davom etadi.

"Onlayn savdolarimiz o‘sdi va iste’dodli jamoamiz mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatishda muvaffaqiyatli natija ko‘rsatdi", - dedi Microsoft Corporate vise-prezidenti Devid Porter.

Avvalroq Microsoft kompaniyasi MSN portalidagi o‘nlab jurnalistlarni robotlar bilan almashtirmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Kiritildi: 02:10 27.06.2020. O'qildi: 1729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!