Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Microsoft asoschisi boyliklarining katta qismi Afrikaga berilishini ma’lum qildi

Microsoft asoschisi boyliklarining katta qismi Afrikaga berilishini ma’lum qildi

Microsoft asoschisi Bill Geyts boyligining eng katta ulushi Afrikada qoladi.

Bu haqda u Afrika Ittifoqining Efiopiya poytaxti Addis-Abebadagi shtab-kvartirasida qilgan chiqishida ma’lum qildi.

"Men yaqinda boyligim kelasi 20 yil ichida o‘tkazilishiga va’da bergandim. Bu mablag‘ning asosiy qismi Afrikadagi muammolarni hal qilishda yordam berish uchun sarflanadi", - dedi Geyts va pul Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi orqali kelishini qo‘shimcha qildi.

Bahorda u 2045 yilga kelib ushbu jamg‘arma turli loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 milliard dollar yo‘naltirishini e’lon qildi.

Hozirda Bill Geyts sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning shaxsiy boyligi 175 milliard dollarga etadi.

Kiritildi: 07:14 03.06.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!