Jumanazar Jumaniyozov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
(Unga qadar, 2020 yilning 17 noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda Muxambetali Babatayev faoliyat olib borgan edi.)
J.Jumaniyozov 1981 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i, Byuroning
Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar, u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasida katta inspektor lavozimida ishlab kelayotgan edi.