Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori qamoqqa olindi

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori qamoqqa olindi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln. 108 ming 629 AQSh dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan o‘zining ulushi sifatida 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 10:59 14.04.2024. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!