Majburiy ijro byurosi Kasbi tuman bo‘limi tomonidan qarzdor Kasbi tuman Komilon qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Geldiyevdan 17.224.000 so‘m jazo tariqasida tayinlangan jarima undirildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudining 26.04.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan ayibdor deb topilgan S.Geldiyevga nisbatan eng kam oylik ish haqining 100 baravari ya’ni
17.240.000 so‘m jinoiy jarima jazosi tayinlangan.
Mazkur ijro hujjati ijro qilish uchun Majburiy ijro byurosining Kasbi tuman bo‘limi ish yurituviga 30.07.2019 yilda kelib tushgan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan S.Geldiyevga yuqoridagi jarima summasini to‘lashini, to‘lashdan bo‘yin tovlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
44-moddasiga asosan jarima jazosini jazoning boshqa turi bilan almashtirish bo‘yicha tegishli sudga taqdimnoma kiritilishi haqida bir necha bor ogoxlantirilgan.
Shuningdek, qarzdor S.Geldiyevning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor S.Geldiyevdan 16.09.2019 yilda 17.224.000 so‘m jinoiy jarima summasi davlat foydasiga to‘liq undirilishi ta’minlandi va ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi
1-qismi 1-bandiga asosan tamomlandi.