Qonun (O‘RQ–1118, 05.02.2026) bilan temir yo‘l transporti va metropolitenda xavfsizlik talablarini buzgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Mansabdor va xizmatchilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solinsa, transportda qoidalarni buzish yoki ma’lumotni yashirish ham shu javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Avtomobil transportida esa yo‘nalishdan chetga chiqish yoki tasdiqlanmagan tariflar uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.