Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

A A A
Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamada shaffoflik va firibgarlikning oldini olish, kontentni monetizasiya qilish hamda raqamli kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizasiyani ta’minlash borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Kiritildi: 17:03 08.10.2025. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!