Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Meta faktlarni tekshirish dasturini tugatadi va kontentni boshqarishni osonlashtiradi

Meta faktlarni tekshirish dasturini tugatadi va kontentni boshqarishni osonlashtiradi

AQShda joylashgan Meta so‘z erkinligini tiklash uchun faktlarni tekshirish dasturini to‘xtatib, o‘z platformalarida, jumladan Facebook va Instagramda so‘zlashuv cheklovlarini olib tashlashini e’lon qildi.

Bu haqda kompaniya bosh direktori Mark Sukerberg videomurojaatida ma’lum qilgan.

"Biz xatolarni kamaytirish, qoidalarimizni soddalashtirish va platformalarda so‘z erkinligini tiklashga e’tibor qaratish uchun o‘z ildizimizga qaytamiz. Aniqrog‘i, biz faktlarni tekshirish vositalaridan xalos bo‘lamiz va ularni hamjamiyat belgilari bilan almashtiramiz", dedi Mark Sukerberg.

Kompaniya shuningdek, kontentni moderasiya qilishning joriy amaliyotlari "haddan tashqari uzoqqa ketganini" tan oldi.

Shu bilan birga, 2023 yilda Sukerberg AQSh Vakillar palatasi sud qo‘mitasiga maktub yo‘llab, unda u AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan, ayniqsa, COVID bilan bog‘liq kontent, shuningdek, satirik materiallar bo‘yicha bosim ostida ekanligini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 22:39 07.01.2025. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!